Asosiy menu

Temir yo'lda yuk tashish bo'yicha xalqaro hamkorlik

Temir yo'lda yuk tashish bo'yicha xalqaro hamkorlik

Keyingi yillarda temir yo’l transportida konteyner yuk poyezdlariga bo’lgan talab ortib bormoqda. Shu bois «O’ztemiyo’lkonteyner AJ sohani yanada rivojlantirish orqali hamkorlar sonini kengaytirishga katta ahamiyat qaratmoqda. Buni Jizzax shahridagi logistik markaz misolida ham ko’rishimiz mumkin.

           Ayni kunda xorijiy davlatlardan kelayotgan konteyner poyezdlarini qisqa muddatda to’g’ridan-to’g’ri logistik markazlarga qabul qilib, eshikdan eshikkacha tamoyili asosida ish olib borilmoqda. 2021 yil 29 mart kuni Polsha davlatining Malashevichi stansiyasidan  «O’ztemiyo’lkonteyner AJ ning Jizzax logistik markaziga Belgiyaning Rhenus Intermodal Systems logistik kompaniyasi bilan hamkorlikda Volkswagen avtomobillari uchun ehtiyot qismlari yuklangan 62 ta konteynerdan iborat konteyner poyezdi olib kelindi.

           Tadbirkorlar uchun vaqtni tejash hamda sarf xarajatni kamaytirish eng muhim masala ekanligini inobatga oladigan bo’lsak, temir yo’l transportida konteyner yuk poyezdlarini tashkil etish xalqaro hamkorlikning ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.