Asosiy menu

Yo'lovchilar diqqatiga!

Mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish, bayram va dam olish kunlarida fuqarolarning munosib hordiq chiqarishlariga imkoniyat taqdim etish maqsadida «O'zbekiston temir yo'llari» aktsiyadorlik jamiyati tezyurar 56-sonli Toshkent – Urganch yo'lovchi poezdini Xiva shahriga qadar uzaytirdi. Qatnovlar haftaning seshanba, chorshanba, juma hamda yakshanba kunlari Toshkent janubiy vokzalidan amalga oshiriladi. 

Poezdning kelish va ketish vaqti quyidagicha:

 

56-sonli Toshkent - Urganch - Xiva yo'lovchi poezdi 
Ketish – "Toshkent-Janubiy" vokzalidan soat 20:30 
Yetib borish – Urganch vokzali soat 11:24 
Ketish – Urganch vokzali soat 11:35 
Yetib borish – Xiva vokzali soat 12:05 

55-sonli Xiva - Urganch - Toshkent yo'lovchi poezdi. 
Ketish – "Xiva" vokzalidan soat 13:45 
Yetib kelish – Urganch vokzali soat 14:15 
Ketish – Urganch vokzali soat 15:25 
Yetib kelish – "Toshkent-Janubiy" vokzali soat 06:58

IZOH: Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi qisqa 1005 telefon raqamidan hamda joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

 


 railway.uz Axborot xizmati