Asosiy menu

Zamonaviy texnologiya va yangi imkoniyatlar tadbirkorlikning rivoji yo'lida

Yurtimizga turli yuk transport, jumladan temir yo'l orqali kirib kelayotgan eksport, import va tranzit yuklar (turli xil tovar va transport vositalari)ning chegaradagi rasmiylashtiruvini qisqa muddatlarda amalga oshirish albatta ular haqidagi ma'lumotlarning operativ tarzda bojxona organlariga taqdim etilishiga bevosita bog'liqdir.

Vazirlar Mahkamasining «O'zbekiston Respublikasining Bojxona xududiga keladigan tovarlar va transport vositalarini rasmiylashtirishda bojxona tartibotlarini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar tug'risida»gi 2018 yil 25 sentyabrdagi 762-sonli, xamda 2019 yil 31 dekabrdagi 1057-sonli qarorlarini ijrosini ta'minlash maksadida, temir yul transportida tashilayotgan tovarlar bo'yicha dastlabki elektron axborotni bojxona organlariga tashuvchilar yoxud tovar egalari yoki tovarga nisbatan vakolatga ega bulgan shaxslar tomonidan berilishi majburiy etib belgilanganidan kelib chiqib, «O'zbekiston temir yo'llari» AJ saytida, temir yo'l transportida tashilayotgan tovarlar bo'yicha bojxona organlariga dastlabki elektron ma'lumot taqdim etish masalasida barcha uchun foydalanish mumkin bulgan ta'minot dasturi ishlab chiqildi.

Joriy yil 2 apreldan boshlab bu borada yana bir yangilik va qulaylik o'z ishini boshlaydi, ya'ni tovar kelmasidan avval u haqidagi ma'lumotlar bojxona organlariga elektron tarzda https://pei.railway.uz saytiga yuk oluvchilar tomonidan taqdim etiladi.

 

 

Axborot-tahliliy media markazi