Asosiy menu

“O'zbekiston temir yo'llari” AJning rasmiy bayonoti

Bugun Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi huzurida tashkil etilgan shtabda bo'lib o'tgan brifinglardan navbatdagisi «O'zbekiston temir yo'llari» AJ faoliyatining ayrim jihatlariga bag'ishlandi. Mazkur brifingda «O'zbekiston temir yo'llari» AJ Bosh boshqarmasining boshlig'i Ibragimov U.N. ishtirok etib, quyidagilarni bayon etdi.

 

«Muxtaram Prezidentimiz topshiriqlariga asosan bugungi kunga kelib «O'zbekiston temir yo'llari» AJ tomonidan yuklarni eksport-import qilish ishlari yo'lga qo'yilgan bo'lib, bu boradagi ishlar jadal rivojlanib bormoqda.

Shunday murakkab davrda «O'zbekiston temir yo'llari» AJ eksport hajmini saqlab qolish va tadbirkorlarga yangi imkoniyatlar yaratish bo'yicha uzluksiz ish olib borilmoqda. 

Tadbirkorlarimizga mamnuniyat bilan shuni ma'lum qilishimiz mumkinki, «O'zbekiston temir yo'llari» AJ tarkibida turli xildagi vagonlar mavjud bo'lib, ularda turli xildagi maxsulot va xomashyolarni ko'plab davlatlarga yuklarni tashish mumkin. 

«O'zbekiston temir yo'llari» AJ qoshida Markaziy Osiyoda yagona bo'lgan refrijeratorli vagonlar (sovutgichli) deposi mavjud bo'lib, fermer va tadbirkorlarning qishloq-xo'jaligi maxsulotlarini sifatli va beziyon o'z manziliga yetib borishini ta'minlash maqsadida sovutgichli vagonlarda tashish yo'lga qo'yilgan bo'lib, yetarlicha vagonlar mavjud. Ushbu vagonlar xozirgi karantin davrida chet elga ho'l meva va poliz ekinlarini eksport qiladigan tadbirkorlarimiz uchun ishonchi transport vositasi.

Bundan tashqari "O'zbekiston temir yo'llari" AJning yirik xalqaro vagon operatorlari bilan shartnomalari tuzilgan bulib, turli xildagi yuklarni turli yo'nalishlarga yetkazib berish imkoniyatlari yo'lga qo'yilgan.

«O'zbekiston temir yo'llari» AJ yurtimizning barcha viloyatlarida eksport yuklarining salohiyatini oshirish, eksport bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash va ularga yanada qulayliklar yaratish maqsadida joylarda yuklarning temir yo'l transporti orqali tashish jarayonida kelib chiqadigan muammolarning oldini olish yuk jo'natuvchilar va yuk oluvchilar tomonidan taklif mulohazalar hamda murojaatlarini o'rganish, shuningdek  yuk  tashish xujjatlarini rasmiylashtirish jarayonida tadbirkorlarga amaliy yordam ko'rsatish maqsadida, «O'zbekiston temir yo'llari» AJning rasmiy veb-saytidan to'liq ma'lumotni olishingiz mumkin bo'ladi. 

Respublikaning turli tumanlarida joylashgan «O'zbekiston temir yo'llari» AJning 185 ta stansiyalari xamda 26 ta logistik markazlarida "Yagona darcha" tamoyillari asosida tadbirkor va mijozlar uchun sharoitlar yaratilgan bo'lib, xozirda axborot kommunikatsiya texnologiyalari yordamida ushbu jarayonlari takomillashtirilmoqda.

Aytib o'tish joyizki Nazarbek va Sergeli stansiyalarida axborot kommunikasiya texnologiyalaridan foydalangan xolda test-sinov rejimida vagonlarni shaxobchaga qo'yish va yuk tushirilgandan yoki ortilganidan so'ng ularni qayta stantsiyaga olish jarayonini avtomatlashtirish axborot tizimi yo'lga qo'yilgan. 

Avval takidlanganiday, Buvayda stansiyasidan sabzi ortilgan refrejirator vagonlar Rossiyaning Iletsk stantsiyasiga jo'natildi va ushbu vagonlar ortga qaytishda 200 tonna kartoshka maxsulotini olib kelishi rejalashtirilgan. Sergeli stansiyasidan Olmaliq tog'-kon metallurgiya kombinatining yuklari ortilgan 2 ta sostav multimodal yo'nalishda Kaspiy va Trans-Kavkaz yo'nalishida yo'lga chiqqan bo'lib, hozirda O'zbekiston – Turkiya yo'nalishi bo'yicha Sergeli stantsiyasidan Turkmanboshi porti – Alyat – Beyyuk Kyasik – Axalkalaki – Derindje (Sofiport) orqali Istambulga konteyner poezdlar qatnovi yo'lga qo'yildi.

 

 

 

Shuningdek, brifingda «O'zbekiston temir yo'llari» AJ nomiga uning rasmiy veb-sayti va elektron manzilga kelgan murojaatlar bo'yicha ma'lumot ham berib o'tildi. Jumladan, Surxandaryo eksport bilan shug'ullanayotgan tadbirklardan Afg'oniston bilan hamkorlik qilish masalasi yuzasidan qator qulayliklar yaratilganligi xususida atroflicha so'z yuritildi. Bu haqida batafsil ma'lumot kuyidagi videolavhada keltirilgan.

 


Shuni ham qayd etish lozim, "O'zbekiston temir yo'llari" AJning "TEMIR YO'L LOGISTICASI" yuk tashish logistika xizmatlarini tashkillashtirish bo'yicha rasmiy Telegram-kanali ish boshladi va ushbu portal asosan yuk egalarining eksport, import, tranzit va mahalliy yuk tashishni tashkil etish bilan bog'liq so'rovlarini ko'rib chiqish uchun ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, Telegram messenjeridagi +998-90-938-40-00 raqami bilan "Yuk egasi" - "O'zbekiston temir yo'llari" AJ" dialog formatida o'zaro aloqa o'rqali bog'lanish mumkin. Yuk egasi o'z murojaatini bevosita ushbu raqamga yuborishi mumkin (Telegram messenjerida).

Alohida qayd etish lozim,  tashkil etilgan tezkor shtab va yuk egalarining barcha manbalardan kelib tushayotgan xar bir murojaatni "O'zbekiston temir yo'llari" AJ rahbariyati tomonidan bevosita qat'iy nazorat qilinmoqda.

 

Axborot-taxliliy media markazi