scrollTop
2023-11-17 | | Tadbirlar

“Oʼzbekkoʼmir” АJda tarozi vagonlarining navbatdan tashqari tekshiruvi oʼtkazildi

"Oʼztemiryoʼlkonteyner" aksiyadorlik jamiyatining tarkibiy boʼlinmasi boʼlgan tarozi xoʼjaligi boʼlimi Oʼzbekiston Respublikasi va MDHning qoʼshni mamlakatlaridagi tarozi egalari va mijozlarga tarozi oʼrnatish, taʼmirlash va texnik xizmatlarini koʼrsatadi.

 

Tarozi xoʼjaligi boʼlimi har xil turdagi qurilmalar, nazorat tarozi asboblari, jumladan, vazn oʼlchovchi laboratoriya vagonlari hamda sinov vagon-laboratoriyalari, shuningdek ishlab chiqarish va taʼmirlash bazasi (ustaxona vagonlari va statsionar ustaxonalar) majmuasi xisoblanadi.
Tarozi uskunalarini toʼgʼri ekspluatatsiya qilish, shuningdek, turli xil oʼlchov vositalarini tekshirish va ekspertizadan oʼtkazish tartibi va tashkil etilishini belgilaydigan nizom, qoida va talablar toʼplamiga, tasdiqlangan meʼyoriy hujjatlarga muvofiqligini nazorat qiladi.
2023-yil 15-noyabr kuni “Oʼzbekkoʼmir” aktsiyadorlik jamiyatiga qarashli “Uglesborka” stantsiyasida (Аngren sh.) vagon tarozilarining navbatdan tashqari davlat komissiyasi tekshiruvi oʼtkazildi. 
Ushbu davlat komisssiyasi tekshiruvi Oʼzbekiston Respublikasi Transport prokurori I.Narimov boshchiligida, hamda Toshkent Transport prokurori Sh.Lutfullaev, Oʼzbekiston Respublikasi IIV T va TOXTD boshqarmasi boshligʼi birinchi oʼrinbosari X.Maxmudov, “OʼzMMI” DM boʼlimi rahbari S.Muminxodjaev, “Oʼztemiryoʼlkontyner” АJning infratuzilma boʼyicha boshqaruv raisi oʼrinbosari X.Djalalov, “Oʼztemiryoʼlkontyner” АJning tarozi xoʼjaligi va kran osti yoʼllarini taʼmirlash boʼlimi boshligʼi S.Xatamov, “Oʼzbekkoʼmir” АJ “TYT” metrologiya muhandisi R.Xamraev va “Oʼzbekkoʼmir” АJ “TYT” filial stantsiya boshligʼi А.Nazarov ishtirokida oʼtkazildi.

Mavjud vagon tarozilarini davlat tekshiruvidan oʼtkazilganda “Uglesborka” stantsiyasidagi “Oʼzbekkoʼmir” АJga qarashli vagon tarozisi GOST OIML R76-1-2011, tasdiqlangan nizom hamda normativ xujjatlarning qoida va talablariga, reviziya oʼtkazish tartibi va tashkil etishni belgilaydigan hujjatlar talablariga muvofiqligi, shuningdek turli oʼlchov vositalarini tekshirish va ekspertizadan oʼtganligi aniqlandi. Hech qanday ogʼishlar yoʼqligi aniqlandi.