scrollTop
2023-11-03 | | Tadbirlar

Toshkentda davom etayotgan transport xaftaligi doirasida "Quruqlik portlari va multimodal tushuvlarni rivojlantirish" mavzusida uchrashuv seminari boʻlib oʻtdi

Seminarda BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi iqtisodiy masalalar boʻyicha mutaxassisi Fedor Kormilitsin Quruqlik portlari mavzusida oʻz maruzasi bilan ishtirok etdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining transport va logistika muammolarini oʻrganish markazi direktori Bexzod Xolmatov tomonidan mamlakatimizda Quruqlik portlari talabiga javob beruvchi logistika markazlari toʻgʻrisida taqdimot materiali bilan ishtirok etdi.

Tadbir soʻngida Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri oʻribosari J.E. Choriyev tomonidan "Oʻztemiryoʻlkonteyner" AJ kompaniyasi "2023-yilda ulkan darajada tashuvlar geografiyasini kengaytirgan konteyner operatori" nominatsiyasi boʻyicha taqdirlandi