
Olti mamlakat temir yoʻl operatorlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
2023 yil 15 noyabr kuni Ashxobod shaxrida "Osiyo-tinch okeani mintaqasi mamlakatlari-Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston-Turkmaniston-Ozarbayjon-Gruziya-Turkiya-Yevropa" xalqaro multimodal yoʻnalishi boʻyicha ishtirokchi mamlakatlar temir yoʻl operatorlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida maʼlum qilinishicha, koridor boʻylab yuk tashish samaradorligini oshiradigan va operatsiyalarni optimallashtiradigan raqamli onlayn platforma ishlab chiqilgan va foydalanishga topshirilgan. Ushbu platforma tovarlarni yetkazib berish vaqtini qisqartirish, konteynerlarni kuzatib borish va qoʻshimcha yuklarni jalb qilish imkoniyatini yaratadi. Operatorlar bilan bir qatorda yuk egalari ham loyihadan foydalanishlari mumkin.
Taʼkidlash joizki, «CASCA+» xalqaro multimodal transport yoʻnalishi 2019 yilda "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ va boshqa ishtirokchi mamlakatlarning davlat temir yoʻl maʼmuriyatlari ishtirokida tashkil etilgan.