scrollTop
2023-11-07 | | Tadbirlar

Hurmatli «Oʻztemiryoʻlkonteyner» AJ aksiyadorlari!

Toshkent shahri, Taras Shevchenko koʻchasi 7 uy manzilida joylashgan va elektron pochta manzili info@utk.uz boʻlgan «O`ztemiryo`lkonteyner» aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahri, Mirobod tumani, Taras Shevchenko koʻchasi, 7 uy manzilida 2023 yil 29 noyabr kuni soat 15:00da Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi boʻlib oʻtishini maʼlum qiladi.

•  Aksiyadorlarni yigʻilish toʻgʻrisida xabardor qilish uchun aksiyadorlar reyestrining yopilish sanasi 2023 yil “7” noyabr deb belgilansin.
•  Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar reyestrining yopilish sanasi 2023 yil “23” noyabr deb belgilansin.

Kun tartibi:
1)  Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish tartibi, qoidalari va sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash;
2)  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-329-son qarori ijrosini taʼminlash
3)  “Oʻztemiryoʻlkonteyner” AJ nomini “Temiryoʻlkargo” AJga oʻzgartirish toʻgʻrisida
4)  “OʻTY” AJning mol-mulk, huquq va majburiyatlar qismini kelgusida Ustav fondini koʻpaytirish hisobiga qabul qilish bilan bogʻliq boʻlgan qarorni qabul qilish toʻgʻrisida
5)  Jamiyatning yuk tashish xizmatlarini amalga oshirish, yuk vagon va konteyner xoʻjaligini saqlash va rivojlantirish, multimodal “eshikdan-eshikgacha” logistika tashuvlarni yoʻlga qoʻyishni, mahalliy va xorijiy logistik markaz va terminallarni tashkil qilishni inobatga oluvchi yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida
6)  Jamiyat Kuzatuv kengashining yangi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida
7)  Jamiyat taftish komissiyasining yangi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida;
8)  Jamiyat ijroiya organi aʼzolarini saylash toʻgʻrisida
9)  Eʼlon qilingan aksiyalar sonini tasdiqlash toʻgʻrisida
10)  Jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida
11)   Jamiyat Kuzatuv kengashiga quyidagi masalalar boʻyicha qaror qabul qilish vakolatini taqdim etish toʻgʻrisida:
a) qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish orqali jamiyatning ustav kapitalini koʻpaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
b) qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish va tasdiqlash;
v) emissiya risolasini tasdiqlash;
g) avval roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarishlariga oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritish
Yigʻilish ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazish yuqoridagi manzilda soat 14-00 dan boshlanadi. Yoningizda pasport yoki shaxsiy guvohnoma boʻlishi shart. Aksiyadorlarning vakillari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma boʻlishi shart.
Navbatdan tashqari umumiy yigʻilish uchun tayyorlangan materiallar bilan jamiyat joylashgan joyda tanishishingiz mumkin: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, S-4, A. Qodiriy koʻchasi, 23a-uy.
Shu bilan birga, "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida" gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq pasport maʼlumotlari yoki pochta manzilingizdagi oʻzgarishlar, hamda STIR va yelektron pochta manzil toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz vaqtida "TAT-REYeSTR" MChJ depozitariysiga taqdim etish zarurligini eslatib oʻtamiz: tel. (71) 232-01-45.
Aksiyador oʻzi toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni taqdim qilmagan boʻlsa, uning aksiyalariga boʻlgan huquqlarni hisobga olish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi depozitariy va "Oʻztemiryoʻlkonteyner" AJ bu borada aksiyadorga yetkazilgan zararlar uchun javobgar emas.

Manzil: Toshkent shahar., Yunusobod tumani, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 23a

Тел.: (+998-99)-272-37-78
e-mail: info@utk.uz