
Xitoydan Afgʻonistonga yuborilgan navbatdagi konteyner poyezdining kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 9 oktabr kuni Xayraton stansiyasida (Afgʻoniston) "Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston-Afgʻoniston" multimodal yoʻnalishi boʻyicha konteyner poyezdining kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruv raisining birinchi oʻribosari v.b. X. N. Raxmetov, "Oʻztemiryoʻlkonteyner" AJ boshqaruv raisi v.b. A. S. Kamalov, Balx provinsiyasi gubernatori Moxammad Yusuf Vafa, Afgʻoniston temir yoʻl boshqarmasi boshligʻi Raxman Sharafat hamda «Zhejiang Union of Railway International Logistics Company» kompaniyasi prezidenti Song Jing ishtirok etishdi.
22 ta 40 futlik konteynerlardan tashkil topgan poyezd oʻz ichiga avtomobil ehtiyot qismlari, mebel, kanselyariya buyumlari kabi mahsulotlarni oladi.