
"Oʻztemiryoʻlkonteyner" AJ hamda Shandong Port Group (Xitoy) kompaniyalari oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
5 sentabr kuni Toshkentda Xitoy (Shandong) – Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlik va almashinuv konferensiyasi hamda “Bir kamar, bir yoʻl” tashabbusining 10 yilligiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Xitoy Xalq partiyasi qoʻmitasi kotibi Lin Vu, Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari Jamshid Xodjayev va Oʻzbekiston Madaniyat vaziri oʻrinbosari Murodjon Majidovlar oʻz nutqlari bilan ishtirok etdilar.
Tadbir soʻngida loyihalar boʻyicha shartnomalar hamda oʻzaro hamkorlik memorandumlari imzolandi. Xususan, "Oʻztemiryoʻlkonteyner" hamda Shandong Port Group kompaniyalari oʻrtasida mavjud logistik imkoniyatlardan foydalanish boʻyicha anglashuv memorandumi imzolandi.