scrollTop
2023-09-07 | | Tadbirlar

Eron Islom Respublikasidan Oʻzbekiston Respublikasi orqali konteyner poyezdlari tashkil etiladi

“Oʻztemiryoʻlkonteyner” AJ boshqaruv raisi v.b. A. S. Kamalov va Eron Islom Respublikasining Toshkentdagi elchihonasi iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchi – Husayn Parvaresh bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi temir yoʻl transportini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi – O. R. Irkabayev, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tegishli boʻlinmalari mutaxassislari ham ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida Erondan Islom Respublikasidan Tojikiston Respublikasiga Oʻzbekiston Respublikasi orqali tranzit yuklarni oʻtkazishni tezlashtirish, konteyner poyezdlarini tashkil etish, koʻp tomonlama ishchi guruhlar bilan faol ishtirok etish kabi masalalar muhokama qilindi.