scrollTop
2023-09-14 | | Tadbirlar

«Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ va «Rhenus Logistics» kompaniyasi oʻrtasida hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi

14-sentabr kuni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruv raisi oʻrinbosari v.b. A.A. Kamildjanov, “Oʻztemiryoʻlkonteyner” AJ boshqaruv raisi v.b. A.S. Kamalov va «Rhenus Logistics» (Germaniya) kompaniyasi bosh direktori Genrix Kerstgens oʻrtasida logistika markazlarini rivojlantirishga sarmoya kiritish boʻyicha navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi. Xususan “Oʻztemiryoʻlkonteyner” AJga tegishli logistika markazlari infratuzilmasini modernizatsiya qilish, tranzit yuk oqimini koʻpaytirish va yangi transport yoʻlaklarini rivojlantirish boʻyicha takliflar muhokama qilindi.