Asosiy menu

"O‘ztemiryo‘lkonteyner" aksiyadorlik jamiyatining tashkiliy tuzilmasi


Jamiyatning boshqaruv organlari:

·         Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi – jamiyatning yuqori boshqaruv organidir.

·         Jamiyatning kuzatuv kengashi – jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.

·         Jamiyat ijroiya organi (boshqaruv) – jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilish vakolatini amalga oshiradi.

 

Jamiyatning moliya – xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish:

·         Taftish komissiyasi – jamiyatning moliya – xo‘jalik faoliyatini nazorat qiladi.

·         Jamiyatning ichki audit xizmati – jamiyatning ijroiya organi, filiallari va vakolatxonbalari tomonidan qonun hujjatlariga, jamiyat ustaviga va boshqa hujjatlarga rioya etilishini, buxgalteriya hisobida va moliyaviy hisobotlarda ma'lumotlarning to‘liq hamda ishonchli tarzda aks ettirilishi ta’minlanishi, xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va tartib – taomillariga rioya etilishini, aktivlarning saqlanishini, shuningdek jamiyatni boshqarish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishini tekshirish hamda monitoring olib boorish orqali jamiyatning ijroiya organi, filiallari va vakolatxonalari ishini nazorat qiladi hamda baholaydi.