Asosiy menu

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning ibratli hayot yo‘li va boy merosi

2017 yil 30 yanvar kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning hayoti, faoliyati, boy merosini targ‘ib qilish, Islom Karimov asarlarida ilgari surilgan konseptual g‘oyalar va dasturiy fikrlarning jamiyat hayotidagi o‘rni to‘g‘risida talaba yoshlarga tushuntirish maqsadida «O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning ibratli hayot yo‘li va boy merosi» nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 

     Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi «Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari» qo‘mita raisi, yu.f.d., professor Saidov Akmal Xolmatovich, TTYMI « Falsafa » kafedrasi mudiri, yu.f.d., professor Ramatov Jumaniyoz Sultanovichlar ishtirok etdilar.

       Tadbir davomida A.X. Saidov I.A. Karimov bilan bo‘lgan munosabatlarini, O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi kabi jarayonlarni zavqlanib talabalarga gapirib berdilar. Tadbir so‘ngida «Ertangi kun bizniki – marra bizniki!» nomli videofilm namoish etildi.

Янгилик киритилмаган