Joriy yilning 29 noyabr kuni "O’ztemiryo’lkonteyner" AJ va Germaniyaning "Rhenus Group" kompaniyalari o'rtasida qo'shma korxona tashkil etish bo'yicha ta'sischilar yig'ilishi bo'lib o'tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi 329-sonli qaroriga muvofiq, Andijon viloyatida xalqaro standartlarga muvofiq zamonaviy logistika markazi tashkil etilishi belgilangan. Logistika markazi konteyner blok-poyezdlarini tashkil etish, vagon va konteynerlarni ortish-tushirish, saqlash ishlari, multimodal eshikdan-eshikkacha xizmatlarini ko'rsatish bilan shug'ullanishi rejalashtirilgan.
“O'ztemiryo‘lkonteyner” AJ boshqaruv raisi A.S. Kamalov hamda “Rhenus Group” kompaniyasining vakolatli vakili G. Kerstgens tomonidan “UzContargo Andijon” qo‘shma korxonasini tashkil etish bo‘yicha ta’sis hujjatlari va tegishli bayonnoma imzolandi.