2025-yil 12-noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro transport va logistika ko‘rgazmasi doirasida “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ hamda Hindistonning yirik transport-logistika kompaniyasi — “ABS Logistics” o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjat ikki tomon o‘rtasida xalqaro multimodal tashishlarni rivojlantirish, yangi logistika yo‘nalishlarini ochish, konteyner aylanmasini oshirish hamda O‘zbekiston orqali Hindiston, Markaziy Osiyo va Yevropa mamlakatlari o‘rtasidagi tranzit imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

Shuningdek, tomonlar yuk oqimlarini diversifikatsiya qilish, zamonaviy logistika infratuzilmasini rivojlantirish va raqamli yechimlarni tatbiq etish borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish niyatida ekanliklarini bildirdilar.