Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga transport-logistika xizmatlarini yanada kengroq ko‘rsatish maqsadida 2022-yil iyun oyidan boshlab mamlakatimizda Toshkent shahridan Farg‘ona, Namangan, Andijon va Samarqand viloyatlariga konteynerli tezyurar poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Konteyner maydonlarida uch bosqichni bajarishga mo`ljallangan yuqori texnologiyali temir yo`l kranlari: yuklarni qabul qilish, yuklash va tushirish, uzluksiz ishlaydi. Shu bilan birga, korxona ixtiyorida kichik va yirik konteynerlarni yetkazib berish uchun maxsus avtomashinalar mavjud, bundan tashqari, konteynerlarni ortish va tushirish uchun maxsus texnika vositalaridan foydalaniladi.