img
  • 2025-10-31

“O‘ZTEMIRYO‘LKONTEYNER” AJ DELEGATSIYASI AVTO TASHUVLARNI RIVOJLANTIRISH UCHUN BISHKEK SHAHRIDA BO‘LDI

Joriy yilning 28–30 oktyabr kunlari “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ delegatsiyasi Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan “Kyrgyz Trans Logistics 2025” xalqaro transport va logistika ko‘rgazmasida ishtirok etdi.

Mazkur tadbir transport-logistika sohasida ilg‘or tajribalar almashinuvi, yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish hamda Markaziy Osiyo mintaqasida avtomobil transportini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish uchun muhim maydon bo‘ldi.

Tashrif davomida delegatsiya vakillari Qirg‘iziston va boshqa mamlakatlarning yirik transport-logistika korxonalari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston multimodal transport yo‘lagi bo‘ylab yangi yuk oqimlarini shakllantirish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi avtomobil tashuvlari samaradorligini oshirish hamda yuklarni yetkazib berish muddatlarini qisqartirishga qaratilgan masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, tomonlar yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va kelgusida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida o‘zaro anglashuv memorandumini “TransLogistica Uzbekistan 2025” xalqaro transport-logistika ko‘rgazmasi doirasida imzolashga kelishib oldilar.