"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida"gi Qonun
1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul
qilingan.O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra
charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda so‘l tomonida bug‘doy boshoqlari, o‘ng tomonida
ochilgan paxta chanoqlari suvrati tushirilgan chambardan iborat.
Gerbning yuqori qismida Respublika jipsligining ramzi sifatida
sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan: sakkiz qirra ichida joylashgan yarim oy va yulduz
musulmonlarning qutlug‘ ramzidir.
Gerbning markazida himmat, oliyjanoblik va fidoyilik
timsoli bo‘lgan afsonaviy Humo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramz va timsollar
xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo‘lidagi orzu-umidlarini
ifodalaydi.
Gerbning pastki qismida Respublika Davlat bayrog‘ini ifoda
etuvchi chambar lentasining bandiga «O‘zbekiston» deb yozib qo‘yilgan.
"O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi qonun
1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari
o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.
Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston
sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda
respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi.
Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot
ramzi. Timsollar tilida bu — yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni
bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi ham moviy rangda edi.
Bayroqdagi oq rang — muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, u kun
charog‘onligi va koinot yoritqichlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Oq rang —
poklik, beg‘uborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, ichki go‘zallikka
intilishning timsoli.
Yashil rang — tabiatning yangilanish ramzi. U ko‘pgina
xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.
Qizil chiziqlar — vujudimizda jo‘shib oqayotgan hayotiy
qudrat irmoqlarini anglatadi.
Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz
bilan bog‘liq. Ayni paytda u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘idagi 12 yulduz tasviri
tarixiy an’analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning o‘n ikki
yulduzga bo‘lgan e’tiborimiz O‘zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida
nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi.
Davlat bayrog‘imizdagi 12 yulduz tasvirini o‘zbek xalqi
madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o‘z tuprog‘ida saodatga intilishi ramzi
sifatida tushunish lozim.
O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli
«O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi
to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi O`zbekiston
Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasigа zo`r ehtirom
bilаn qаrаsh O`zbekiston Respublikаsi hаr bir fuqаrosining vаtаnpаrvаrlik burchidir.
Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov
so'zi
Serquyosh hur o'lkam, elga baxt, najot,
Sen o'zing do'stlarga
yo'ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor
jahon!
Naqorat:
Oltin bu vodiylar - jon
O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan
zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag'ri keng o'zbekning o'chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar
senga zo'r qanot!
Istiqlol mash'ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo'l
obod!
Naqorat:
Oltin bu vodiylar - jon
O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan
zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!