"O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJning 2025–2030-yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasiga muvofiq, Jamiyat konteyner parkini 1 000 dona zamonaviy yirik tonnajli konteynerlar bilan kengaytirish belgilangan.

Mazkur vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish doirasida joriy yilda Jamiyat tomonidan 250 dona yangi 40 HC turidagi konteynerlar xarid qilindi. Ushbu konteynerlar Jamiyatning tashish imkoniyatlarini kengaytirish, konteyner parkini yangilash hamda xalqaro yo‘nalishlarda barqaror tashuvlarni tashkil etishga xizmat qiladi.

Yangi konteynerlardan kelgusida Xitoy – O‘zbekiston – Xitoy yo‘nalishida eksport-import yuklarini tashishda samarali foydalanish ko‘zda tutilgan.

"O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJ mijozlarga kompleks transport-logistika xizmatlarini ko‘rsatish, xalqaro konteyner tashuvlari geografiyasini kengaytirish hamda transport xarajatlarini optimallashtirish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettiradi.