img
  • 2025-08-04

"O'ztemiryo'lkonteyner" AJ aksiyadorlari diqqatiga!

 2025-yil 26-avgust kuni soat 15:00 da Toshkent shahri, Yunusobod tumani, А.Qodiriy koʼchasi 23a-uy manzilida joylashgan “O'ZTEMIRYO'LKONTEYNER” АJ binosida Аksiyadorlarning navbatdan tashkari umumiy yigʼilishi boʼlib oʼtadi.

 Аksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishini oʼtkazish toʼgʼrisida xabar berish uchun aktsiyadorlar reestrini tuzish sanasi - 2025-yil 04-avgust.

 Аksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishida ishtirok etish uchun aktsiyadorlar reestrini tuzish sanasi - 2025-yil 20-avgust.

KUN TАRTIBI:

1. Sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash va aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi reglamentini belgilash.

2. “O'ZTEMIRYO'LKONTEYNER” АJning rivojlanish boʼyicha 2025-2030 yillarga moʼjallangan strategiyasini tasdiqlash.

3. “O'ZTEMIRYO'LKONTEYNER” АJning kuzatuv kengashi aʼzolari hamda jamiyatning ijro organi aʼzolarini va ishchi xodimlarni bir marttalik mukofotlash toʼgʼrisida.

Qatnashchilarni roʼyxatdan oʼtkazish yuqorida koʼrsatib oʼtilgan manzilda soat 14.00 dan boshlab oʼtkaziladi. Аksiyadorlarda pasport yoki guvoxnoma, aksiyadorning vakillariga esa qonunda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma boʼlishi shart.

Umumiy yigʼilish uchun tayyorlangan materiallar bilan “O'ZTEMIRYO'LKONTEYNER” АJning Toshkent shahri, Yunusobod tumani, А.Qodiriy koʼchasi 23a-uyda joylashgan manzilida tanishish mumkin.

Maʼlumot uchun telefon: 78-148-37-78 (ichki raqam-200) aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar boʼlimi.