img
  • 2025-06-23

INNOVATSION G‘OYALAR – 2024” TANLOVIDA O‘ZTEMIRYO‘LKONTEYNER AJ XODIMI 1-O‘RINNI EGALLADI

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining N-572-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan “Innovatsion g‘oyalar – 2024” tanlovi natijalariga ko‘ra, "O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJ Axborot media, IT va kiberxavfsizlik bo‘limi boshlig‘i I.U. Raupov o‘z loyihasi bilan barcha temiryo‘lchi yoshlar o‘rtasida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Yoshlarning zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida o‘tkazilgan mazkur tanlovda I.U. Raupov o‘zining innovatsion yondashuvi bilan ajralib turdi. G‘olib yosh xodimimiz “Yoshlar oyligi” doirasida tashkil etilgan “Yoshlar forumi”da tantanali ravishda taqdirlandi.

"O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJ jamoasi nomidan I.U. Raupovni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklab, unga kelgusi faoliyatida yanada ulkan zafarlar tilaymiz. Shu bilan birga, barcha yosh xodimlarimizni ham kelgusida ana shunday nufuzli tanlovlarda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.