"O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJ Yevropa va O‘zbekistonni bog‘lovchi yangi xalqaro konteyner tashish xizmatining ishga tushirilganini ma’lum qiladi. Ushbu yangi yo‘nalish yuklarni 4400 km masofaga atigi 7 kun ichida tez, ishonchli va samarali yetkazib berishni ta’minlaydi.
Ishtirokchi mamlakatlarning temiryo‘l ma’muriyatlari hamda "UTLC ERA" (www.utlc.com) kompaniyasi bilan samarali hamkorlik natijasida ushbu servis yuklarni yetkazish muddatini sezilarli darajada qisqartirish va mijozlar uchun qulaylikni oshirish imkonini beradi.
"O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJ barcha hamkorlar va mijozlarni yangi servis imkoniyatlaridan foydalanishga hamda Yevropa va Markaziy Osiyoda biznesning yangi ufqlarini ochishga taklif etadi.
Bog‘lanish uchun:
Email: uzjdkexp@utk.uz
Telefon: +998 78 148 37 78, +998 99 140 11 11