img
  • 2025-08-28

XITOY–MARKAZIY OSIYO TRANSPORT YO‘LAGIDA YANGI SINERGIYALAR

Joriy yilning 26–27 avgust kunlari Toshkent shahrida “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ hamda Xitoyning “Xinjiang Union of International Railway Logistics Co. Ltd.” kompaniyasi vakillari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ikki tomon hamkorligida tashkil etilgan “UTK International Logistics Co. Ltd.” qo‘shma korxonasining birlamchi vazifalari, qo‘shma korxona faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish hamda mintaqaviy transport yo‘laklarini rivojlantirish kabi masalalar muhokama etildi.

Muzokaralar natijasida “O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy” yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistondan Xitoyga multimodal yo‘nalish orqali yuk tashuvlarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 

Kelgusida "Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston" transport koridori doirasida Xitoydan Tojikiston va Turkmaniston davlatlariga muntazam yuk tashuvlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.