img
  • 2025-08-29

TOSHKENT - ALTINKOL YO'NALISHIDA BIRINCHI BLOK POYEZD JO'NATILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi PQ-28-son qaroriga ko'ra multimodal tamoyilni keng joriy etish hamda 3PL va undan yuqori formatda xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan milliy transport operatorlari ulushini oshirish vazifalari belgilab berilgan.

Ushbu yo'nalishda logistika xizmatlari foydalanuvchilariga qulayliklar yaratish va transport xarajatlarini kamaytirish maqsadida Toshkent – Altinkol (Qozog‘iston) yo‘nalishida “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ boshqaruvidagi 57 ta fiting platformalaridan iborat birinchi konteyner blok-poyezdi muvaffaqiyatli jo‘natildi.

Tarkibida yig'ma yuklar bo'lgan 57 ta konteynerdan  iborat blok-poyezd 1300 km masofani 2 kunda bosib o'tishi rejalashtirilgan. 

“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ va Qozog'istonning "Kedentransservis" AJ kompaniyalari o'rtasidagi hamkorlik doirasida ushbu vagonlar Altinkol-Toshkent yo'nalishida ortga qayta yuklanishi ko'zda tutilgan.

“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ  kelgusida o'z vagon parkini kengaytirib eksport-import yo'nalishlarida transport xarajatlarini qisqartirishni davom ettiradi.