
Ko‘rgazmaning birinchi kuni davomida “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ rahbariyati hamda xorijiy kompaniyalar vakillari o‘rtasida yangi yuk hajmlari va mavjud imkoniyatlar to‘g‘risida uchrashuvlar tashkil etildi.

Maersk va CMA CGM konteyner liniyalari bilan yangi tashuvlar bo’yicha muzokaralar o’tkazildi va kelishuvlarga erishildi.
