img
  • 2024-01-26

Xitoyning Sian shahridan Oʻzbekistonga doimiy konteyner blok poyezdlari harakati yoʻlga qoʻyiladi

Xitoyga amalga oshirilgan tashrif davomida Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va "Temiryoʻlkargo" AJ delegatsiyasi ikki mamlakat oʻrtasida temir yoʻl tashuvlarini rivojlantirish boʻyicha bir qator yirik loyihalar yuzasidan muzokaralar olib bordi.

Xususan, blok poyezdlar joʻnatish boʻyicha Xitoyda birinchi oʻrinda turuvchi "Sian Xalqaro Porti"ga tashrif davomida quruqlik portining infratuzilmasi,  mavjud logistik imkoniyatlari va yuqori axborot texnologiyalari bilan tanishildi.

Quruqlik portining rahbariyati bilan boʻlib oʻtgan muzokaralar davomida Oʻzbekistonning import yuklarini "Sian Xalqaro Porti"da jamlagan holda marshrut poyezdlarida tashish yuzasidan  kelishuvga erishildi.