26 noyabr kuni “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ vakillari Latviyaning SIA “AGMENA” kompaniyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari, jumladan kodlarning taqdim etilishi, yuk aylanmasini oshirish va vagonlardan samarali foydalanish bo‘yicha fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida SIA “AGMENA” tomonidan O‘zbekistonga keladigan yuklarga terminal xizmatlarini ko‘rsatish hamda to‘liq logistika jarayonlarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, SIA "AGMENA"ga tegishli fiting platformalari uchun qaytuvchi yuk oqimlarini shakllantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tomonlar transport va logistika sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro hamkorlik aloqalarni kengaytirish va yangi qo‘shma loyihalar ustida ishlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.