img
  • 2026-02-04

"O'ztemiryo'lkonteyner" AJ aksiyadorlari diqqatiga!

Hurmatli “O‘ZTEMIRYO‘LKONTEYNER” AJ aksiyadorlari! 2026-yil 25-fevral kuni soat 15:00 da Toshkent shahri, Yunusobod tumani, A.Qodiriy ko‘chasi 23a-uy manzilida joylashgan “O‘ZTEMIRYO‘LKONTEYNER” AJ binosida Aksiyadorlarning navbatdan tashkari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabar berish uchun aksiyadorlar reyestrini tuzish sanasi - 2026-yil 04-fevral. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar reyestrini tuzish sanasi - 2026-yil 21-fevral. KUN TARTIBI: 1. Sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash va aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini belgilash; 2. “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ ijroiya organi a’zosini tasdiqlash; 3. “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ Ijroiya organi to‘g‘risidagi Nizomini tasdiqlash. Qatnashchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan manzilda soat 14.00 dan boshlab o‘tkaziladi. Aksiyadorlarda pasport yoki guvoxnoma, aksiyadorning vakillariga esa qonunda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bo‘lishi shart. Umumiy yig‘ilish uchun tayyorlangan materiallar bilan“O‘ZTEMIRYO‘LKONTEYNER” AJning Toshkent shahri, Yunusobod tumani, A.Qodiriy ko‘chasi 23a-uyda joylashgan manzilida tanishish mumkin. Ma’lumot uchun telefon: 78-148-37-78 (ichki raqam-747) aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar bo‘limi.