img
  • 2026-03-03
  • 2124

NUKUS LOGISTIKA MARKAZI – MULTIMODAL YUK TASHUVLARI UCHUN

“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ Qoraqalpog'istonda o‘zining zamonaviy logistika markaziga ega bo‘lib, bu yerda mijozlarga keng ko‘lamli logistika xizmatlari taqdim etiladi. Markaz yuklarni ortish-tushirish, saqlash, bojxona operatsiyalarini amalga oshirish, konteyner poyezdlarini shakllantirish kabi xizmatlarni muntazam ravishda ko‘rsatib kelmoqda.

Nukus logistika markazi 2 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, o‘z ichiga quyidagi zamonaviy obyektlarni oladi:

- Ochiq turdagi bojxona ombori – 1 100  m²

- Ochiq turdagi ombor – 8 000  m²

- Konteyner saqlash maydoni – 600 TEU

- Og‘ir yuklar uchun maxsus saqlash maydoni

- Bojxona ko‘rigi va nazorat zonasi

Logistika markazi yiliga 55 ming tonnadan ortiq yukni qayta ishlash imkoniyatiga ega bo'lib, yopiq va yarim ochiq vagonlar, konteynerlar hamda yuk avtomobillari bilan yuklarni ortish-tushirish hamda qayta ishlash operatsiyalari bajariladi.

Murojaat uchun: +998 99 140 11 11 📞

Maxsus imkoniyatlar
Shrift o'lchami
Rang sxemasi