img
  • 2026-03-07
  • 150

HAFTA YAKUNLARI

3–5-mart kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Agro pro expo 2026” 5-xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazma-forumida “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ vakillari ishtirok etdi.

Ko‘rgazma doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar hamda xorijiy kompaniyalar bilan samarali uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. 

Unda jamiyat tomonidan konteyner tashuvlari, logistika va multimodal transport xizmatlari imkoniyatlari taqdim etildi hamda istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Joriy yilning 4 mart kuni Toshkent davlat transport universitetida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJdan boshqaruv raisining o‘rinbosari X.L. Adilov talaba-yoshlar bilan ochiq muloqotda ishtirok etdi. 

Uchrashuv davomida transport-logistika sohasining rivojlanish tendensiyalari, jamiyat faoliyati va amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berilib, malakali kadrlar tayyorlash hamda yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

5-mart kuni “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ va “Rhenus Group” rahbariyati o‘rtasida onlayn formatda ishchi uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuv davomida Andijon shahrida joylashgan “UzContargo Andijon” terminalini modernizatsiya qilish loyihasining yakuniy bosqichlari, amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.


Maxsus imkoniyatlar
Shrift o'lchami
Rang sxemasi