img
  • 2026-03-27
  • 11

“O‘ZTEMIRYO‘LKONTEYNER” AJ VAGON PARKINI KENGAYTIRISH ORQALI KOMPLEKS LOGISTIKA XIZMATLARINI RIVOJLANTIRMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi PQ-28-son qaroriga muvofiq, milliy transport operatorlarining xalqaro transport xizmatlari bozoridagi ulushini oshirish ustuvor vazifa etib belgilangan.

Shu o‘rinda, “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ tomonidan vagon parkini kengaytirish hamda kompleks logistika xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, jamiyat tomonidan 2025-yil avgust oyidan boshlab Toshkent MTU – Altinko‘l – Toshkent MTU yo‘nalishida kompaniya boshqaruvidagi fiting platformalarda konteyner tashuvlari yo‘lga qo‘yildi.

E’tiborli tomoni shundaki, ushbu tashuvlar 57 shartli birlikdagi konteyner poyezdlari tarkibida amalga oshirilmoqda. Bu esa o‘z navbatida vagon aylanmasining oshishi, logistika xarajatlarining kamayishi hamda yuklarni yetkazib berish muddatlarining qisqarishiga xizmat qilmoqda.

Kelgusida “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ tomonidan vagon parkini yanada kengaytirish, yangi yo‘nalishlarni rivojlantirish hamda xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettiriladi.

Maxsus imkoniyatlar
Shrift o'lchami
Rang sxemasi