img
  • 2026-06-12
  • 17

CASCA+ KORIDORI ORQALI YUK TASHUVLARINI KO‘PAYTIRISH BO‘YICHA OLTI TOMONLAMA BAYONNOMA IMZOLANDI

Joriy yilning 8–9-iyun kunlari CASCA+ xalqaro transport koridori bo‘ylab yuk tashish hajmlarini oshirish va koridor faoliyatini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi olti tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari A.A. Kamildjanov hamda Turkiya, Gruziya, Ozarbayjon, Turkmaniston va Qirg‘iziston temir yo‘l ma’muriyatlari rahbarlari va vakillari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida CASCA+ koridorining joriy holati va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi hamda quyidagi muhim masalalar muhokama qilindi:
🔹 2025-yil va 2026-yilning birinchi choragida koridor doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda erishilgan natijalar tahlili;
🔹yuk tashish jarayonlarining samaradorligini oshirish, tranzit muddatlarini qisqartirish va xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar;
🔹yuk tashuvlari uchun amaldagi tarif shartlarini ko‘rib chiqish hamda raqobatbardosh tarif siyosatini shakllantirish;
🔹koridor faoliyati davomida yuzaga kelayotgan muammolar, mavjud to‘siqlar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar.


Uchrashuv yakunlari bo‘yicha ishtirokchi tomonlar o‘rtasida CASCA+ koridorini rivojlantirish, yuk tashuvlari hajmlarini ko‘paytirish hamda o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan olti tomonlama bayonnoma imzolandi.

Maxsus imkoniyatlar
Shrift o'lchami
Rang sxemasi