img
  • 2026-06-26
  • 94

O‘ZBEKISTON ORQALI YANGI XALQARO TRANZIT YO‘LAGIDA ILK KONTEYNER TASHUVI AMALGA OSHIRILDI

“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ tomonidan xalqaro yuk tashuvlari geografiyasini kengaytirish maqsadida Malayziyaning Klang portidan O‘zbekiston hududi orqali Tojikistonning Dushanbe-2 temir yo‘l stansiyasiga ilk sinov konteyner tashuvi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Palma yog‘i ortilgan 40 futlik konteyner Malayziya – Xitoy – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Tojikiston multimodal transport yo‘lagi orqali umumiy 10 500 kilometr masofani bosib o‘tdi.

Mazkur yo‘nalishda yuk dastlab dengiz transporti orqali Malayziyaning Klang portidan Xitoyning Qingdao portiga yetkazilib, so‘ngra temir yo‘l transportida Qozog‘iston va O‘zbekiston hududi orqali Tojikistonning Dushanbe-2 temir yo‘l stansiyasiga olib borildi.

Yukni yetkazib berishning umumiy tranzit muddati 32 kunni tashkil etib, shundan 15 kun dengiz transportida, 17 kun esa temir yo‘l transportida amalga oshirildi.

Mazkur sinov tashuvi Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarini Markaziy Osiyo bilan bog‘lovchi yangi transport yo‘lagini rivojlantirish, mintaqaning tranzit salohiyatini yanada oshirish hamda xalqaro logistika zanjirlarining samaradorligini ta’minlash yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.

Maxsus imkoniyatlar
Shrift o'lchami
Rang sxemasi