img
  • 2026-07-04
  • 24

“O‘ZTEMIRYO'LKONTEYNER” AJNING GRUZIYADAGI VAKOLATXONASI MARKAZIY OSIYO VA YEVROPANI YANADA YAQINLASHTIRADI

“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ xalqaro logistika tarmog‘ini kengaytirish doirasida Gruziyada o‘z vakolatxonasini tashkil etdi.

Yangi vakolatxona kompaniyaning Janubiy Kavkaz mintaqasidagi faoliyatini rivojlantirish, mijozlar va hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni mustahkamlash hamda xalqaro transport yo‘laklari, jumladan O‘rta koridor bo‘yicha yuk tashish hajmlarini oshirishga xizmat qiladi.

Vakolatxonaning ochilishi Gruziya portlari va logistika infratuzilmasidan samarali foydalanish, yangi multimodal transport yo‘nalishlarini rivojlantirish hamda mijozlarga tezkor va sifatli logistika xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

Ushbu tashabbus kompaniyaning xalqaro bozordagi ishtirokini mustahkamlash va tranzit salohiyatini oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

Maxsus imkoniyatlar
Shrift o'lchami
Rang sxemasi