img
  • 2026-07-05
  • 21

BATUMI PORTIDA O‘ZBEKISTON YUKLARI UCHUN YANGI LOGISTIKA IMKONIYATLARI MUHOKAMA QILINDI

Joriy yilning 4-iyul kuni Gruziyada xizmat safarida bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi Batumi shahridagi Batumi Sea Port hamda Batumi International Container Terminal faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida delegatsiya a'zolariga port infratuzilmasi, yuklarni qayta ishlash quvvatlari va konteyner terminalining texnik imkoniyatlari haqida ma'lumot berildi.

Tomonlar mazkur port orqali O‘zbekistonning import va eksport yuklarini Yevropa va Lotin Amerikasi mamlakatlariga tashishni yo‘lga qo‘yish hamda uning logistika imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalarini muhokama qildilar.


Mazkur tashrif ikki davlat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda mintaqaviy logistika aloqalarini rivojlantirishga xizmat qilishi ta'kidlandi.

Maxsus imkoniyatlar
Shrift o'lchami
Rang sxemasi