Hurmatli «O‘ztemiryo‘lkonteyner» AJ aksiyadorlari!
«O‘ztemiryo‘lkonteyner» aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahri, Mirobod tumani, T.Shevchenko ko‘chasi 7-uyda joyshlashgan, elektron manzili info@utk.uz, 2024 yil 26 iyun kuni soat 15:00 da Toshkent shahri, Mirobod tumani, T.Shevchenko ko‘chasi 7-uy manzilida bo‘lib o‘tadigan Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi haqida xabar beradi.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabar berish uchun aksiyadorlar reyestrini tuzish sanasi 2024 yil 1 iyun etib belgilandi.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun aksiyadorlar reyestrini tuzish sanasi 2024 yil 20 iyun etib belgilandi.
KUN TARTIBI:
1. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish tartibi qoidalarini va sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash.
2. Ijroiya organining faoliyati, moliyaviy holati, biznes-rejaning bajarilishi yakunlari va 2023 yilda rivojlanish strategiyasiga erishish uchun ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash to‘g‘risida.
3. Jamiyatning 2023 yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha auditorlik faoliyatini milliy standartlariga muvofiq tuzilgan auditorlik tashkilotining xulosasini ko‘rib chiqish.
4. Jamiyatning 2023 yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobotlarning halkaro standartlariga muvofiq tuzilgan auditorlik tashkilotining xulosasini ko‘rib chiqish.
5. Jamiyatning 2023 yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlarini tekshirish natijalari bo‘yicha taftish komissiyasining xulosasini ko‘rib chiqish.
6. Kuzatuv Kengashining 2023 yil yakunlari bo‘yicha hisoboti to‘g‘risida.
7. 2023 yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobot to‘g‘risida.
8. 2023 yil yakunlari bo‘yicha korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash hisobotini ko‘rib chiqish.
9. 2023 yil yakunlari bo‘yicha sof foydani taqsimlash taklifi to‘g‘risida.
10. Jamiyatning 2024 yilga mo‘ljallangan biznes-rejasi to‘g‘risida.
11. Jamiyatning tashkiliy tuzilmasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.
12. 2024 yil uchun jamiyatning Kuzatuv kengashi a’zoligiga nomzodlarni tasdiqlash to‘g‘risida.
13. 2024 yil uchun jamiyatning Taftish komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tasdiqlash to‘g‘risida.
14. 2024 yil uchun jamiyatning Ijroiya organi a’zoligiga nomzodlarni tasdiqlash to‘g‘risida.
15. 2024 yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi milliy standartlari (BHMS), Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MXHS) asosida audit o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish va mustaqil auditorlar uchun to‘lanadigan haqning maksimal miqdoriga asosan jamiyat faoliyatini tekshirish uchun mustaqil auditorlik tashkilotini aniqlash.
16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.07.2015 yildagi
207-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlari to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq jamiyatning 2023 yil yakunlari bo‘yicha samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlarini (KPE) ko‘rib chiqish.
17. Jamiyatning affillangan shaxslar, shu jumladan "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ va uning tarkiibiga kiruvchi korxonalar bilan jamiyatning joriy xo‘jalik faoliyati davomida Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishiga qadar bo‘lgan davrdagi tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlarni tasdiqlash to‘g‘risida.
Qatnashchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan manzilda soat 14.00dan boshlab o‘tkaziladi. Aksiyadorlarda pasport yoki guvoxnoma, aksiyadorning vakillariga esa qonunda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bo‘lishi shart.
Umumiy yig‘ilish uchun tayyorlangan xujjat va ma’lumotlar bilan jamiyat joylashgan manzilda tanishish mumkin.
Telefon orqali yordam: 78-148-37-78 (747) aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar bo‘limi.