img
  • 2024-08-21

Hindiston va O‘zbekistonni bog‘lovchi yangi multimodal yo‘nalishda konteyner tashuvlari yo'lga qo'yildi


"O'ztemiryo'lkonteyner" AJ Hindistonning Mundra, Nhava Sheva va Chennai portlaridan O‘zbekistonga yangi multimodal yo'nalishda konteyner tashuvlarini muvaffaqiyatli tashkil etdi. Sinov tariqasida amalga oshirilgan ushbu tashuvlar Hindistondan Eronning Bandar Abbas portiga dengiz orqali hamda Bandar Abbas portidan Sergeli stansiyasiga qadar temir yo'l transportida olib kelindi.

Konteynerlar Bandar Abbas portidan Saraxs stansiyasiga qadar Eron platformalarida u yerdan esa "O'zbekiston temir yo'llari" AJ qarashli platformalarga qayta yuklangan holda Turkmaniston orqali O'zbekistonga yetkaziladi.

20 ta 20 futlik konteynerlardan tashkil topgan yuk poyezdi umumiy temir yo‘l uzunligi 2673 km bo‘lgan masofani 20 kunda bosib o‘tdi. Kelgusida tashish muddatini 15 kunga qisqartirish rejalashtirilgan.