Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yillik bayrami arafasida “Konstitutsiya va qonun ustuvorligi – farovon hayot garovi” mavzusida "Oʻztemiryoʻlkonteyner" AJda davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda yuridik fanlari doktori, professor F. A. Muxiddinova, "Oʻzbekiston temir yullari" AJ boshqaruv raisining maslaxatchisi X. M. Xatambayeva, "Oʻztemiryoʻlkonteyner" AJ boshqaruv raisi v.b. A.S. Kamalov, shuningdek logistika markazlari VKS orqali ishtirok etdilar.
Suhbat davomida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixi, uning yuridik kuchi va unga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida yigʻilganlarga batafsil axborot berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar taqdim etildi.