Bugungi kunda transport va logistika sohasida konteyner tashish, shu jumladan eshikdan-eshikkacha yetkazib berish xizmatlariga bo‘lgan talab tobora ortib bormoqda. Ushbu yo‘nalishda, "O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJ va Toshkent davlat transport universiteti hamkorligida butun logistika jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Joriy yilning 13 noyabr kuni "O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJ rahbariyati boshchiligida multimodal yuk tashuvlarini rivojlantirish bo'yicha ilmiy seminar tashkil etildi.
Seminarda Toshkent davlat transport universitetining ilmiy tadqiqotchisi, katta o'qituvchi Z. Yusufxonov tomonidan Respublikada yuk tashuvlari tendensiyasi, logsitka yo'nalishidagi ilmiy yangiliklar va raqamli platformalar to'g'risida axborot berildi.
Seminarda shuningdek "O'ztemiryo'lkonteyner" AJning mavjud yuk avtomobillarida konteyner tashishning iqtisodiy samaradorligi yuzasidan ilmiy tavsiyalar bildirildi.
Kompaniya kelgusida ilmiy tadqiqotlar natijalarini o'z faoliyatida joriy etishni davom ettiradi.