img
  • 2025-05-16

BMT YEVROPA IQTISODIY KOMISSIYASI HAMKORLIGIDA KONTEYNER TASHISH XAVFSIZLIGIGA OID SEMINAR TASHKIL ETILDI

Joriy yilning 16-may kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi hamkorligida “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ Toshkent logistika markazi, "Orient Logistics Center" terminalida konteynerlar bilan ishlash va ularni tashish xavfsizligi bo‘yicha amaliy seminar-mashg‘ulot o‘tkazildi.

Seminar davomida ishtirokchilar uch guruhga bo‘lingan holda turli xil yuklarni konteynerlarga joylashtirish va ularni mahkamlash bo‘yicha simulyatsion mashg‘ulotlarda qatnashdilar.

Seminarda shuningdek mutaxassislar tomonidan yuklarni noto‘g‘ri joylashtirish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar, ularning oldini olish usullari va ilg‘or xalqaro tajribalar haqida ham batafsil ma’lumot berildi.