img
  • 2026-08-11
  • 4

“BELORUS KARVONI” NOMLI IKKINCHI YUK POYEZDI O‘ZBEKISTONGA YETIB KELDI


O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi Prezidentlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, Belarus–O‘zbekiston yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuk poyezdlari qatnovini tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Mazkur kelishuvlar doirasida Belarus Respublikasining Vitebsk viloyatida joylashgan Orsha-Vostochnaya stansiyasidan yo‘lga chiqqan “Belorus karvoni” nomli ikkinchi yuk poyezdi 7 sutkada O‘zbekistonning Chuqursoy stansiyasiga yetib keldi.

Jami 44 ta vagondan iborat poyezd tarkibidagi yuklar Chuqursoy stansiyasi orqali keyinchalik Axtachi, Rouston, Nazarbek va Kakir stansiyalariga yetkazib beriladi.

Poyezd tarkibi yog‘och va yog‘ochni qayta ishlash mahsulotlari, shakar, plita mahsulotlari hamda turli xalq iste’moli tovarlaridan iborat.

Mazkur yuk poyezdining qisqa muddatda manzilga yetib kelishi O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi transport-logistika aloqalarini yanada rivojlantirish, ikki tomonlama savdo hajmini oshirish hamda muntazam yuk tashuvlarini yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Maxsus imkoniyatlar
Shrift o'lchami
Rang sxemasi