“Rhenus Group” kompaniyasi bosh direktori Genrix Kerstgens boshchiligidagi delegatsiyaning 2-6 iyun kunlari O‘zbekistonga tashrifi davomida “UzContargo Andijan” qo‘shma korxonasi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ boshqaruv raisi A. S. Kamalov, boshqaruv raisining korporativ maslahatchisi X. L. Adilov, “Rhenus Group” kompaniyasi bosh direktori Genrix Kerstgens hamda professor Thomas Shlipkoyeterlar ishtirok etishdi.