img
  • 2024-06-30

Yoshlar bilan korxona rahbari o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazildi

30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan "O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJ boshqaruv raisi A.S. Kamalovning jamiyat tarkibidagi yoshlar bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.

Bugungi kunda jamiyat tarkibidagi 35 yoshgacha bo‘lgan xodimlar 271 nafar bo‘lib, jami xodimlarning qariyb 45 foizini tashkil etadi.

Umumiy yosh xodimlarning deyarli 90 foizi o‘rta va oliy ma'lumotli yoshlardan iborat bo‘lib, 6 nafar yosh xodimlar xorijiy oliy o‘quv yurtlarida tahsil olgan. 10 dan ziyod yosh xodimlar chet eldagi logistika sohasida ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganib qaytgan.

O‘tgan 2 yil davomida 100 dan ziyod yoshlarga logistika sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida kvalifikatsion dars soatlari o‘tildi.

Bundan tashqari 60 dan ziyod yosh ishchi xodimlari “Istiqlol-Xazorasp” temir yoʻl liniyasida olib borilayotgan qurilish ishlarida faol qatnashib kelmoqda.

Marketing va xalqaro munosabatlar bo‘limi mutaxassisi N.X. Xamrayevning “Konteynerlarga yuklarni joylashtirishda neyrotarmoqdan foydalanish” mavzusidagi loyihasi “Innovatsion g‘oyalar 2023” ko‘rik tanlovining yakuniy bosqichiga kiritildi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning Yetakchilar kengashi tomonidan berilayotgan topshiriqlar yoshlar yetakchisi A.Toshxo‘jayev tomonidan chora-tadbirlar dasturi asosida o‘z vaqtida bajarib kelinmoqda.

Uchrashuv davomida tizimdagi yosh kadrlar bilan ularning qiziqishlari, mavjud muammolar va kelgusidagi rejalari to‘g‘risida samimiy ochiq suhbat olib borildi.

Shuningdek boshqaruv raisi tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda o‘zlarini to‘la namoyon etishlari zarurligi ta'kidlandi.

Uchrashuv so‘ngida bir qator faol yoshlar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.