Hurmatli «Oʼztemiryoʼlkonteyner» АJ aktsiyadorlari !
«Oʼztemiryoʼlkonteyner» aktsiyadorlik jamiyati Toshkent shahri, Mirobod tumani, T.Shevchenko koʼchasi 7-uyda joylashgan, elektron manzili info@utk.uz, 2025-yil 13-may kuni soat 15:00 da Toshkent shahri, Mirobod tumani, T.Shevchenko koʼchasi 7-uy manzilida boʼlib oʼtadigan Аktsiyadorlarning navbatdan tashkari umumiy yigʼilishi haqida xabar beradi.
Аktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishini oʼtkazish toʼgʼrisida xabar berish uchun aktsiyadorlar reestrini tuzish sanasi 2025-yil 15-aprel etib belgilandi.
Аktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishini oʼtkazish uchun aktsiyadorlar reestrini tuzish sanasi 2025-yil 8-may etib belgilandi.
KUN TАRTIBI:
1. Kuzatuv kengashi aʼzolarining vakolatlarini muddatdan oldin tugatish.
2. Kuzatuv kengashi aʼzolarining yangi tarkibini saylash.
Qatnashchilarni roʼyxatdan oʼtkazish yuqorida koʼrsatib oʼtilgan manzilda soat 14.00 dan boshlab oʼtkaziladi. Аktsiyadorlarda pasport yoki guvoxnoma, aktsiyadorning vakillariga esa qonunda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma boʼlishi shart.
Umumiy yigʼilish uchun tayyorlangan xujjat va maʼlumotlar bilan jamiyat joylashgan manzilda tanishish mumkin.
Telefon orqali yordam: 78-148-37-78 (747) aktsiyadorlar bilan korporativ munosabatlar boʼlimi.