Hurmatli «O‘ztemiryo‘lkonteyner» AJ aksiyadorlari!
«O‘ztemiryo‘lkonteyner» aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahri, Mirobod tumani, T.Shevchenko ko‘chasi 7-uyda joyshlashgan, elektron manzili info@utk.uz,
2025 yil 19 fevral kuni soat 15:00 da Toshkent shahri, Mirobod tumani, T.Shevchenko ko‘chasi 7-uy manzilida bo‘lib o‘tadigan Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi haqida xabar beradi.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabar berish uchun aksiyadorlar reyestrini tuzish sanasi 2025 yil 29 yanvar etib belgilandi.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun aksiyadorlar reyestrini tuzish sanasi 2025 yil 11 fevral etib belgilandi.
KUN TARTIBI:
1. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish tartibi, qoidalari va sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash.
2. Kuzatuv kengashi a’zolarining vakolatlarini muddatdan oldin tugatish.
3. Kuzatuv kengashi a’zoligiga nomzodlarni tasdiqlash to‘g‘risida.
4. Jamiyat ijroiya organining yangi tarkibini tasdiqlash.
5. Jamiyat tashkiliy tuzilmasini yangi tahririni tasdiqlash.
6. Jamiyatning yangi tahrirdagi nizomini (ustavini) tasdiqlash.
Qatnashchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan manzilda soat 14:00dan boshlab o‘tkaziladi. Aksiyadorlarda pasport yoki guvoxnoma, aksiyadorning vakillariga esa qonunda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bo‘lishi shart.
Umumiy yig‘ilish uchun tayyorlangan xujjat va ma’lumotlar bilan jamiyat joylashgan manzilda tanishish mumkin.
Telefon orqali yordam: 78-148-37-78 (747) aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar bo‘limi.