Joriy yilning 5-6 fevral kunlari "O'zbekiston temi yo'llari" AJ va НК «Қазақстан темір жолы» vakillari o'rtasida yuk tashuvlarini rivojlantirish masalalari bo'yicha uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda "O'zbekiston temir yo'llari" AJ boshqaruv raisi o'rinbosari A.A. Kamildjanov, «ҚТЖ – жук тасымалы» AJ boshqaruv raisi V.V. Petrov va tegishli departament vakillari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida ikki mamlakat o'rtasida temir yo'l transportida yuk tashish hajmini oshirish, poyezdlar tuzish rejasi, shuningdek Xitoy-Qozog'iston-O'zbekiston yo'nalishida grafikli poyezdlar harakatini tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida "O'ztemiryo'konteyner" AJ va Qozog'istonning "Kedentransservis" AJ kompaniyalari o'rtasida transport ekspeditorlik, logistika markazlari va konteyner blok poyezdlarni yo'lga qo'yish bo'yicha o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.