img
  • 2023-12-12

Hurmatli «Oʻztemiryoʻlkonteyner» AJ aksiyadorlari!

2023 yil 29 noyabr kuni aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi kvorumi boʻlmagani sababli ushbu yigʻilish 15 kunga, yaʼni 2023 yil 14 dekabrga koʻchirildi.Yigʻilish oʻtkaziladigan manzil va kun tartibi oʻzgarishsiz qoldiradiladi. Yigʻilish ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazish quyidagi manzilda soat 14:00 dan boshlanadi. Yonda pasport yoki shaxs guvoxnomasi boʻlishi zarur.Aksiyadorlarning vakillari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma boʻlishi lozim.


Navbatdan tashqari umumiy yigʻilish uchun tayyorlangan materiallar bilan jamiyat joylashgan manzilda tanishish mumkin.


Toshkent shaxri, Yunusobod tumani, S-4, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 23a-uy.


Shuningdek «Aksiyadorlik jamiyatlarni va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonun talablariga muvofiq, pasport maʼlumotlari yoki pochta manzilidagi oʻzgarishlar hamda STIR yo elektron pochta toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini oʻz vaqtida TAT-REYeSTR MChJ depozitariysiga taqdim etish zarurligini eslatib oʻtamiz.


Aksiyador oʻzi toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarini taqdim qilmagan boʻlsa, uning aksiyalariga boʻlgan huquqlarini hisobga olish boʻyicha xizmatlar qoʻrsatuvi depozitariy va «Oztemiryolkonteyner» AJ bu borada aksiyadorga yetkazilgan zararlar uchun javobgar emas.


Maʼlumot uchun jamiyatning Aksiyadorlar bilan korporativ munosobotlar boʻlimiga qoʻngʻiroq qilish mumkin: (+998 78) 148-37-78 (777)