img
  • 2025-03-02

“O‘ZTEMIRYO‘LKONTEYNER” AJ TOMONIDAN HINDISTONDAN QOZOG‘ISTONGA BIRINCHI KONTEYNER POYEZDI HARAKATI AMALGA OSHIRILDI

Transport yo‘laklarini kengaytirish va xalqaro yuk tashishlarni rivojlantirish doirasida "O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJ, "TULM" OAJ va "Kedentransservis" AJ hamkorligida Hindistondan Qozog‘istonga birinchi konteyner poyezdi yo‘lga qo‘yildi.

Tarkibida 12 ta yigirma futlik konteyner bo‘lgan poyezd Hindistonning Mundra portidan Qozog‘istonning Sorokovaya stansiyasiga Hindiston-Eron-Turkmaniston-O‘zbekiston-Qozog‘iston yo'nalishida harakatlanib, 1 585 km dengiz orqali va 4 300 km temir yo‘l orqali bosib o‘tadi.

2024 yilda ushbu yo‘nalish bo‘ylab Hindistondan O‘zbekistonga (Mundra – Sergeli) 20 ta  yigirma futlik konteyner tashuvlari muvaffaqiyatli amalga oshirilgan edi.

"O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJ boshqaruv raisi M.K. Mirxamidovning ta'kidlashicha, kompaniya Hindiston – Markaziy Osiyo multimodal yo'nalishida muntazam konteyner poyezdlarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan. Bu o'z navbatida savdo aloqalarini mustahkamlash hamda eksportyor va importyorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

"O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJ xalqaro konteyner tashuvlarini faol rivojlantirishni davom ettirib, mijozlarga yuklarni samarali va o‘z vaqtida yetkazib berish uchun yangi logistika yechimlarini taklif qilmoqda.

Yuk tashish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olish uchun biz bilan bog‘laning:

✉️ uzjdkexp@utk.uz

📞 +99878 148 3778 (204)