Joriy yilning 20 may kuni “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ boshqaruv raisi M.K. Mirxamidov hamda Xitoyning “VOSTOSUN GROUP UC” kompaniyasi bosh direktori Gao Vey Hua o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“VOSTOSUN GROUP UC” kompaniyasi qurilish, yo‘l va sanoat loyihalari uchun markazlashtirilgan ta’minot yechimlarini taqdim etuvchi kompaniya bo'lib, Xitoyning yetakchi ishlab chiqaruvchilari, ilmiy tadqiqot markazlari va xalqaro moliyaviy tashkilotlari bilan faol hamkorlik qiladi. Kompaniya shuningdek, SANY, XCMG, ZOOMLION, SHANTUI, SINOMACH-HI, DONGFENG kabi mashhur brendlarning rasmiy agenti hisoblanadi.
Uchrashuv davomida tomonlar Xitoy davlatidan O'zbekistonga multimodal yo'nalishda konteyner tashuvlarini amalga oshirish bo'yicha kelishuvga erishdilar. Xususan “VOSTOSUN GROUP UC” kompaniyasi Xitoydan dengiz orqali Eronning Bander-Abbas portiga, u yerdan esa temir yo'l transportida "Eron – Turkmaniston – O‘zbekiston" xalqaro koridori orqali O'zbekistonga “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ tomonidan olib kelinishi belgilandi.
Shu bilan birga uchrashuvda “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ Ulug'bek logistika markazida mijozlarga zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda ombor xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha erishilgan natijalar sarhisob qilindi.